Namangan davlat universitetiga 2026/2027-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan imtihonlarda yetarli ball to‘plagan talabalar 17-sentabrdan boshlab ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli fakultet dekanatlariga murojaat qilib, aloqa xatlarini olishlari mumkin.
O‘qishni ko‘chirish imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan, biroq 56,7 balldan yuqori natija qayd etgan hamda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini ko‘chirish istagida bo‘lgan talabalar ham ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tegishli fakultetlarga murojaat qilib, aloqa xatlarini olishlari mumkin.
Aloqa xatlarini olish uchun talabalar fuqarolik pasporti yoki ID-karta bilan murojaat qilishlari lozim.
Fakultetlar haqida ma’lumot
Tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt (super-kontrakt) miqdorlari