Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining yangi foydalanishga topshirilgan og‘ir atletika zalida 8–15-sentabr kunlari kattalar hamda 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar (U-20) o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Nufuzli musobaqada Namangan viloyati terma jamoasi tarkibida Namangan davlat universitetining Sport faoliyati: og‘ir atletika ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan 8 nafar talabamiz ishtirok etdi.
Musobaqa davomida talabalar respublika miqyosidagi bahslarda o‘z mahoratlarini namoyish etib, yakuniy natijalarga ko‘ra, universitetning 6 nafar talabasi sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Jumladan:
Raximjanova Mastura — 53 kg vazn toifasida U-20 yoshlar o‘rtasida jami 4 ta medalni qo‘lga kiritdi:
dast ko‘tarish — 59 kg, 2-o‘rin, kumush medal;
siltab ko‘tarish — 79 kg, 2-o‘rin, kumush medal.
Jaloliddinova Maftuna — 53 kg vazn toifasida U-20 yoshlar o‘rtasida:
dast ko‘tarish — 57 kg, 3-o‘rin, bronza medal.
Abduraximov Abduvohid — 65 kg vazn toifasida U-20 yoshlar o‘rtasida:
dast ko‘tarish — 109 kg, 3-o‘rin, bronza medal.
Tursunpulatov Xurshidbek — 65 kg vazn toifasida kattalar o‘rtasida:
siltab ko‘tarish — 132 kg, 2-o‘rin, kumush medal.
Yoqubjonov Mansurbek — 70 kg vazn toifasida kattalar o‘rtasida:
siltab ko‘tarish — 141 kg, 3-o‘rin, bronza medal.
Obidjonov Oybek — 75 kg vazn toifasida:
U-20 yoshlar o‘rtasida dast ko‘tarish — 127 kg, 3-o‘rin, bronza medal;
kattalar o‘rtasida dast ko‘tarish — 127 kg, 3-o‘rin, bronza medal.
Namangan davlat universiteti jamoasi sportchilarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etib, ularga kelgusi musobaqalarda ham yuqori natijalar tilaydi.