Asosiy kontentga otish

Joriy yilning 9–13-iyun kunlari Ispaniyaning Madrid va Barselona shaharlarida O‘zbekiston hamda Ispaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan «O‘zbekiston–Ispaniya universitetlari rektorlarining birinchi forumi» o‘tkazilmoqda.

10-iyun kuni Madrid shahridagi Rey Xuan Karlos universitetining Vikalvaro kampusida forumning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Nufuzli tadbirda Rey Xuan Karlos universiteti rektori Abraham Duarte Munyos, O‘zbekiston Respublikasining Ispaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi Farrux Tursunov, Toshkentdagi Vestminster xalqaro universiteti rektori hamda Xalqaro reyting ekspertlari guruhi (IREG) vitse-prezidenti Komiljon Karimov, shuningdek, Ispaniya Ta’limni xalqarolashtirish xizmati (SEPIE) Oliy ta’limni xalqaro targ‘ib qilish bo‘limi rahbari o‘rinbosari Fatima Terol ishtirok etdi.

Ochilish marosimida Fatima Terol forum qatnashchilarini qutlar ekan, mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Ispaniya universitetlari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdi. Shundan so‘ng so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasining Ispaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Farrux Tursunov ikki davlat o‘rtasida ta’lim va ilmiy hamkorlikni kengaytirish, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Tadbir davomida Komiljon Karimov xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish va universitetlararo tajriba almashinuvini kengaytirish masalalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Rey Xuan Karlos universiteti rektori Abraham Duarte Munyos esa O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.

Forum dasturidan Erasmus+ dasturining ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishdagi o‘rni, ispan tili va madaniyatini targ‘ib etish, ta’limdagi innovatsiyalar, shuningdek, yashil va raqamli transformatsiya bilan bog‘liq dolzarb masalalarga bag‘ishlangan sessiyalar o‘rin olgan.

Forumda Namangan davlat universiteti delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda. Xususan, universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev hamda xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Davron Dehqonov forum tadbirlarida qatnashib, Ispaniyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image