Namangan davlat universiteti hamda Osh davlat universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida ushbu oliy ta’lim muassasasining bir guruh professor-o‘qituvchilari va talabalari joriy yilning 21-may kunidan 3-iyuniga qadar akademik mobillik dasturi asosida universitetga tashrif buyurdilar.
Delegatsiya a’zolari Namangan davlat universitetining San’at va sport fakultetida tashkil etilgan akademik mobillik hamda ilmiy stajirovka dasturlarida ishtirok etadilar.
Tashrif davomida mehmonlarga universitetning ta’lim jarayonlari, ilmiy salohiyati, fakultetda amalga oshirilayotgan innovatsion ishlanmalar, professor-o‘qituvchilar va talabalarning erishayotgan yutuqlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tashrif dasturi doirasida Namangan davlat universiteti hamda Osh davlat universiteti talabalari o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha do‘stlik uchrashuvi ham tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvni universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev ochib berar ekan, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stona aloqalar tobora mustahkamlanib borayotganini, ayniqsa oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorliklar ilm-fan, ta’lim va yoshlar almashinuvini yangi bosqichga olib chiqayotganini alohida ta’kidladi.
Qizg‘in va murosasiz ruhda kechgan do‘stlik uchrashuvida har ikki jamoa sportchilari yuqori mahorat, jamoaviy hamjihatlik hamda o‘zaro hurmat va do‘stlik fazilatlarini namoyon etdilar.
- Universitet
- Ta'lim
- Axborot xizmati
- Faoliyat
- Huquqiy targ'ibot
- Korrupsiyaga qarshi kurash
- Ilmiy faoliyat
- Ilmiy kengashlar
- Xalqaro aloqalar
- Moliyaviy faoliyat
- Ma'naviy-ma'rifiy faoliyat
- Ilm-Innovatsiya-Tijorat
- Barqaror rivojlanish maqsadlari
- Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi
- Bo'sh ish o'rinlari
- Barqaror rijovlanish maqsadlari 2024
- Ish beruvchilar fikri
- Hujjatlar
- Qabul
- Qabul yangiliklari
- Qabul bakalavriat
- Qabul Magistratura
- Qabul Doktorantura
- Imtixon dasturlari
- Abituriyentlarga eslatma
- Qabul to'g'risidagi nizom
- Texnikum bitiruvchilariga
- Xorijiy abituriyentlarga
- Prezident qaror va farmoyishlari
- Savollar va javoblar
- Imtixon natijalari
- Ikkinchi oliy ta'lim
- Tibbiyot fakultetida qo'shma ta'lim
- Tarqatma materiallar
- Talabalarga
- Qabul
- Bog'lanish
- Raqamli kutubxona
-
O'zbekcha
- Kirish