Xitoylik bir guruh olimlar Namangan davlat universitetiga tashrif buyurdi
- Bosh sahifa
- Faoliyat
- Xalqaro aloqalar
- Xitoylik bir gu...
- 14.04.2026
- 13:42
- 54
Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillaridan iborat delegatsiya Namangan davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv jarayonida Arxeologiya, Tarix, Turizm hamda Biologiya yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, tajriba almashish va akademik aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar kelgusida ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdilar.