Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev boshchiligidagi delegatsiya Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Boku shahriga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida bir qator oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan birgalikda Boku shahridagi Fəxri Xiyaban hududida joylashgan Ozarbayjon xalqining umummilliy lideri Haydar Aliyev qabrini ziyorat qilib, uning xotirasini hurmat bilan yod etdi.
Haydar Aliyev Ozarbayjon Respublikasining uchinchi Prezidenti bo‘lib, “Ulug‘ rahnamo” hamda “Ozarbayjon xalqining umummilliy lideri” unvonlariga sazovor bo‘lgan yirik davlat va siyosiy arbob hisoblanadi. U mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish hamda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga salmoqli hissa qo‘shgan.