Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev boshchiligidagi delegatsiyaning Ozarbayjon Respublikasi poytaxti Boku shahriga amalga oshirgan rasmiy tashrifi doirasida qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bilan muhim uchrashuvlar o‘tkazildi.

Xususan, delegatsiyamiz Boku Slavyan universiteti rektori Anar Nagiyev, Turkiyaning Ardahan universiteti rektori Öztürk Emiroğlu, Ozarbayjon Milliy Konservatoriyasi rektori Kamilə Dadaşzadə hamda Ozarbayjon davlat pedagogika universiteti rektori Cəfər Cəfərov bilan rasmiy rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlar davomida Abdug‘affor Qirg‘izboyev tomonidan Namangan davlat universitetining bugungi kundagi faoliyati, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ta’lim jarayonidagi yangilanishlar hamda ilmiy salohiyatni oshirish borasidagi ustuvor yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, tomonlar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, ko‘p tilli ta’lim modelini joriy etish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.

Muzokaralar chog‘ida rektorlar oliy ta’lim sohasida ilg‘or tajribalarni o‘zaro o‘rganish, akademik mobillik dasturlarini kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, istiqbolli qo‘shma ilmiy va ta’lim loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash hamda ta’lim sifatini yanada oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image