Ayni kunlarda Namangan davlat universiteti delegatsiyasi Qozog’iston Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan, jahonning Top–1000 universitetlari ro‘yxatiga kiritilgan hamda 731–740-o‘rinlarda qayd etilgan M.O.Avezov nomli Janubiy-Qozog’iston davlat universitetida amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Shuningdek, bugun delegatsiya a’zolari M.O.Avezov nomli Janubiy-Qozog’iston davlat universiteti bilan Biologiya, Biotexnologiya, Matematika, Tasviriy san’at hamda Arxeologiya va etnologiya sohalari magistratura mutaxassisliklari bo’yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo’lga qo’yish yuzasidan shartnomalar imzolashga erishdilar.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image