Namangan davlat universitetiga Isroil Davlatining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Gideon Lustig tashrif buyurdi.
 
Tashrif doirasida Isroil Davlatining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Gideon Lustig hamda Namangan davlat universiteti rektori Abdugʻaffor Qirgʻizboyev ishtirokida rasmiy uchrashuv oʻtkazildi.
 
Uchrashuv davomida Abdugʻaffor Qirgʻizboyev universitetda yaratilgan zamonaviy taʼlim muhiti, professor-oʻqituvchilar va talabalar uchun mavjud imkoniyatlar, ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mamlakatimizda taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida batafsil maʼlumot berdi. 
 
Oʻz navbatida, janob Elchisi Gideon Lustig Namangan davlat universitetida yaratilgan infratuzilma, keng va yorugʻ auditoriyalar, zamonaviy oʻquv va laboratoriya xonalari hamda qulay taʼlim sharoitlarini yuqori baholadi. Elchi Gideon Lustig mamlakatimizda yoshlarning taʼlim olishi va ilm-fan bilan shugʻullanishiga qaratilayotgan eʼtiborni eʼtirof etdi.
 
Tashrif davomida janob Gideon Lustig Namangan davlat universitetining zamonaviy laboratoriya xonalari bilan yaqindan tanishdi. Elchi laboratoriyalarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan tadqiqotchilar bilan suhbatlashdi hamda amalga oshirilayotgan ilmiy ishlarga qiziqish bildirdi.
 
Shuningdek, tashrif doirasida janob Gideon Lustig tomonidan Namangan davlat universiteti talabalari uchun  O‘zbekiston—Isroil hamkorlik aloqalari, ilmiy -innovatsion ishlanmalar, zamonaviy ta’lim dasturlari haqida ma’ruza qildi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image