Bitiruvchilar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kelajak tadbirkori” dasturi doirasida bir nechta moliyaviy mahsulotlar taklif etiladi:
⭐️ “Yosh tadbirkor” (Ijtimoiy soliq to‘lab, o‘zini-o‘zi band qilgan bitiruvchilar uchun):
➡️ Kredit summasi - 20 mln. so‘mgacha
➡️ Markaziy bank stavkasi - +1%
➡️ Kredit muddati - 18 oygacha
➡️ Imtiyozli davr - 3 oygacha
⭐️ “Biznes start” (Yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxs tashkil etgan bitiruvchilar uchun):
➡️ Kredit summasi - 300 mln. so‘mgacha
➡️ Foiz stavkasi - MB asosiy stavkasi +1%
➡️ Kredit muddati - 5 yilgacha (aylanma mablag‘lar uchun 36 oygacha)
➡️ Imtiyozli davr - 1 yilgacha (aylanma mablag‘lar uchun 6 oygacha)
⭐️ “Biznes progress” (Yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yuridik shaxs tashkil etgan bitiruvchilar uchun):
➡️ Kredit summasi - 2 mlrd. so‘mgacha
➡️ Foiz stavkasi - MB asosiy stavkasi +1%
➡️ Kredit muddati - 7 yilgacha (aylanma mablag‘lar uchun 36 oygacha)
➡️ Imtiyozli davr - 2 yilgacha (aylanma mablag‘lar uchun 6 oygacha)
⭐️ “Talaba invest” (Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarini ishga olgan tadbirkorlik subyektlari uchun):
➡️ Kredit summasi - 10 mlrd. so‘mgacha
➡️ Foiz stavkasi - MB asosiy stavkasi +1%
➡️ Kredit muddati - 7 yilgacha (aylanma mablag‘lar uchun 36 oygacha)
➡️ Imtiyozli davr - 2 yilgacha (aylanma mablag‘lar uchun 6 oygacha)
Batafsil «Kelajak tadbirkori» dasturi bilan tanishish (http://my.namdu.uz/media/posts/image/2026/03/05/NamDU-6ab04ca2-20d6-411c-a675-ef095fc9cd7e.pdf)
Biznes g‘oyasi borlar va kredit olish istagidagilar “Kelajakka qadam” markaziga yoki oliy ta’lim tashkiloti mas’ul xodimiga murojaat qilishlari mumkin.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati