Asosiy kontentga o'tish

Namangan davlat universiteti Registrator ofisida korrupsiyaviy xavflarning oldini olish, xizmat vazifalarini belgilangan tartibda va qonuniy asosda bajarish masalalariga bag‘ishlangan profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Umidjon Boyxonov, Registrator ofisi rahbari Ravshanbek Islomov, bo‘lim boshliqlari hamda ofis menejerlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida Registrator ofisi faoliyatida korrupsiyaviy xavflarning oldini olish, xizmat vakolatlaridan qonuniy va maqsadli foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, elektron axborot tizimlariga ma’lumotlarni kiritish, o‘zgartirish va tasdiqlash jarayonlarida xodimlarning vakolatlari, shaxsiy login va parollardan foydalanish hamda bu boradagi shaxsiy mas’uliyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Registrator ofisi, fakultetlar, dekanatlar va boshqa tarkibiy tuzilmalar o‘rtasida vazifa hamda vakolatlarni aniq taqsimlash zarurligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, manfaatlar to‘qnashuvi, tanish-bilishchilik, qarindoshlik, shaxsiy iltimoslar va boshqa shaxsiy manfaatlarning xizmat qarorlariga ta’sirini oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida Registrator ofisi rahbari va xodimlari korrupsiyaviy xavflarning oldini olishga qaratilgan «Rasmiy ogohlantirish va shaxsiy mas’uliyat to‘g‘risida tilxat» bilan tanishtirildi.

Tadbir davomida xodimlarga xizmat vazifalarini vijdonan, xolis va belgilangan tartibda bajarish, korrupsiyaga oid har qanday holatning oldini olish hamda xizmat faoliyatida qonuniylik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy rioya qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image