Asosiy kontentga o'tish

Bugun, 7-sentyabr kuni Namangan davlat universitetining San’at va sport fakultetida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda universitetning birinchi prorektori Islomjon Odilov, fakultet dekani, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, ularning ota-onalari hamda faxriy mehmonlar ishtirok etdi.

Universitetning birinchi prorektori Islomjon Odilov so‘zga chiqib, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan muborakbod etdi.

Fakultet dekani ham talabalarga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat tilab, ularni bilim olish va o‘z ustida ishlashda faol bo‘lishga chaqirdi.

Tadbir davomida kirish imtihonlarida yuqori natijalarni qayd etib, Namangan davlat universitetiga talabalikka tavsiya etilgan bir guruh iqtidorli yoshlarga universitet rektorining tashakkurnomalari topshirildi.

Ayni paytda universitetning boshqa o‘quv binolarida ham 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image