Bugun, 7-sentyabr kuni Namangan davlat universitetining Iqtisodiyot hamda Tibbiyot fakulteti o‘quv binosida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tantanali marosimda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Davron Dehqonov, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, ularning ota-onalari hamda faxriy mehmonlar ishtirok etdi. Bayramona ruhda o‘tgan tadbir yangi o‘quv yilining boshlanishi, ezgu maqsad va ulkan rejalar sari yangi qadam sifatida alohida ahamiyat kasb etdi.
Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng Namangan davlat universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Davron Dehqonov tadbirni tabrik so‘zi bilan ochib berdi. Prorektor o‘z so‘zida yangi o‘quv yilidagi muhim vazifalar, ta’lim sifatini oshirish va talabalar uchun munosib ta’lim muhitini yaratish masalalariga to‘xtaldi. Shuningdek, talaba-yoshlarni yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish va o‘z ustida muntazam ishlashga chorladi.
Fakultet dekanlari ham so‘zga chiqib, yangi o‘quv yilida talabalarga omad va muvaffaqiyat tilaklarini bildirdi.
Tadbir davomida oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida yuqori natijalarni qayd etib, Namangan davlat universitetiga talabalikka tavsiya etilgan bir guruh iqtidorli yoshlarga universitet rektorining tashakkurnomalari topshirildi.
Ayni paytda Namangan davlat universitetining boshqa o‘quv binolarida ham 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlar davom etmoqda.
- Universitet
- Ta'lim
- Axborot xizmati
- Faoliyat
- Hujjatlar
- Qabul
- Qabul yangiliklari
- Qabul bakalavriat
- Qabul Magistratura
- Qabul Doktorantura
- Imtixon dasturlari
- Abituriyentlarga eslatma
- Qabul to'g'risidagi nizom
- Texnikum bitiruvchilariga
- Xorijiy abituriyentlarga
- Prezident qaror va farmoyishlari
- Savollar va javoblar
- Imtixon natijalari
- Ikkinchi oliy ta'lim
- Tibbiyot fakultetida qo'shma ta'lim
- Tarqatma materiallar
- Talabalarga
- Qabul
- Bog'lanish
- Raqamli kutubxona
-
O'zbekcha
- Kirish