17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Alişer Navoiy nomidagi Namangan viloyati musiqali drama va komediya teatrida Namangan davlat universitetiga joriy öquv yilida talabalikka qabul qilingan birinçi bosqiç talabalari uçun tantanali “Talabalikka bağişlov” tadbiri ötkazildi.
Bayram tadbirini universitet rektori Abduğaffor Qirğizboyev tabrik sözi bilan oçib berdi.
«Avvalo, universitetimiz talabalari safidan munosib örin egallagan barça yoşlarni uşbu qutluğ kun bilan samimiy muborakbod etaman!
Bugungi qasamyod marosimi şunçaki tantanali tadbir emas, balki Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, bilim olişga intiliş, yuksak ma’naviyat va fuqarolik mas’uliyatini anglaşning muhim ramzidir.
Talabalik — inson hayotidagi eng mas’uliyatli va imkoniyatlarga boy davr. Bu davrda egallangan bilim, şakllangan dunyoqaraş va orttirilgan tajriba butun umringiz davomida sizga hamroh böladi»
— dedi universitet rektori
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati