Asosiy kontentga o'tish

Namangan davlat universitetida Namangan viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi bilan hamkorlikda tibbiyot ta’limi sifatini oşiriş, klinik amaliyot samaradorligini kuçaytiriş hamda soha uçun malakali kadrlar tayyorlaş masalalariga bağişlangan uçraşuv bölib ötdi.

Unda Namangan davlat universiteti rektori Abduğaffor Qirğizboyev, Namangan viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Abrorjon Alijonov, universitet prorektorlari, viloyatdagi 18 ta tibbiyot muassasasi vakillari, Tibbiyot fakulteti rahbariyati hamda talaba-yoşlar iştirok etdi.

Uçraşuvda universitet rektori ta’lim va tibbiyot amaliyoti örtasidagi uzviy hamkorlikni mustahkamlaş muhimligini ta’kidlab, talabalar maşğulotlari va amaliyotlarini klinik bazalarda tizimli taşkil etiş, şuningdek, klinik fanlar böyiça yetişmayotgan yuqori malakali mutaxassislarni universitetning öquv jarayoniga jalb etiş masalalariga alohida töxtaldi.

Şundan söng viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği Abrorjon Alijonov sözga çiqib, hududda oliy ma’lumotli tibbiyot mutaxassislariga bölgan ehtiyoj, soğliqni saqlaş tizimining malakali kadrlarga bölgan talabi hamda tibbiyot ta’limi va amaliyot integratsiyasining ahamiyati haqida fikr bildirdi.

Şuningdek, universitet tomonidan ilgari surilgan taklif va taşabbuslarni amalga oşirişda boşqarma hamda tibbiyot muassasalari tomonidan amaliy kömak körsatişga tayyorligini bildirdi.

Muloqot davomida talabalar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Bildirilgan savol va takliflar yuzasidan tegişli tuşuntirişlar berilib, hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça fikr almaşildi.

Uçraşuv yakunida tibbiyot ta’limi sifatini oşiriş, talabalar uçun klinik amaliyot imkoniyatlarini kengaytiriş hamda soğliqni saqlaş muassasalari bilan universitet örtasidagi hamkorlikni tizimli yölga qöyiş muhim vazifalar sifatida belgilab olindi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image