Jahon miqyosida e’tirof etilgan «Physics of the Dark Universe» jurnalida Namangan davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti professori Bahromjom Abdulazizovning “Dynamics and relativistic tests of Schwarzschild black holes in Dehnen dark matter halos” mavzusidagi ilmiy maqolasi chop etildi!
«Physics of the Dark Universe» jurnali Buyuk Britaniyada joylashgan nufuzli Elsevier nashriyoti tomonidan chop etiladi. Jurnal Scopus va Web of Science xalqaro ilmiy bazalarida eng yuqori kvartil — Q1 toifasiga kiritilgan bo‘lib, uning CiteScore ko‘rsatkichi 8,4, Impact Factor ko‘rsatkichi esa 6,4 ni tashkil etadi.
📃 Maqola bilan tanishish
Ushbu muvaffaqiyat Namangan davlat universitetining xalqaro ilmiy nufuzini yanada yuqoriga koʻtarishi shubhasiz!
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati