Asosiy kontentga o'tish

#Akkreditatsiya #ASIIN #Sertifikat

Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev tomonidan Germaniyaning nufuzli ASIIN xalqaro akkreditatsiya agentligi talablariga muvofiq xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan 6 ta ta’lim dasturining sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi.

Jumladan, biologiya, kimyo va fizika yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat hamda biologiya, kimyo va fizika mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Mazkur natija universitetda ta’lim sifatini xalqaro mezonlar asosida ta’minlash, o‘quv jarayonini takomillashtirish va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash borasidagi tizimli ishlarning muhim samarasidir.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image