Asosiy kontentga otish
Temirov Oybek Mamatxoʻja oʻgʻli dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi

 

Namangan davlat pedagogika instituti huzuridagi PhD.01/2025.27.12.Ped.08.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida Temirov Oybek Mamatxoʻja oʻgʻlining  13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari) boʻyicha tayyorlangan “Refleksiv yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning axborot bilan ishlash malakalarini takomillashtirish texnologiyalari (Pedagogik mahorat fani misolida” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.

🗳 Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqot muhim va dolzarb ilmiy muammo sifatida e’tirof etildi, ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yuqori baholandi. Kengash a’zolari tomonidan dissertatsiyaga ijobiy baho berildi va Temirov Oybek Mamatxoʻja oʻgʻliga Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.

💐👏Universitetimiz nomidan Oybek Mamatxoʻja oʻgʻlini ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz, hamda kelgusi ishlarida bardavomlik tilaymiz.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image