O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.FM.01.02 raqamli Ilmiy kengash majlisida Dexqonov Farruxjon Nuriddin o‘g‘lining 01.01.02 – “Differensial tenglamalar va matematik fizika” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Evolyutsion tenglamalar bilan bog‘langan jarayonlar uchun boshqaruv masalalari” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
🗳 Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqot muhim va dolzarb ilmiy muammo sifatida e’tirof etildi, ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yuqori baholandi. Kengash a’zolari tomonidan dissertatsiyaga ijobiy baho berildi va Dexqonov Farruxjon Nuriddin o‘g‘liga Fizika-matematika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.
💐👏Universitetimiz nomidan Farruxjon Nuriddin o‘g‘lini ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz, hamda kelgusi ishlarida bardavomlik tilaymiz.