Namangan davlat universiteti olimasining kitobi xalqaro nashriyotda e’lon qilindi

Namangan davlat universiteti Amaliy xorijiy tillar kafedrasi dotsenti Nodira Rashidovaning “English for Medicine” nomli o‘quv qo‘llanmasi Germaniyada faoliyat yurituvchi Lambert Academic Publishing (LAP)  (https://lap-publishing.com/)nashriyotida chop etildi. (https://www.morebooks.shop/shop-ui/shop/product/978-620-9-73742-8)

Lambert Academic Publishing (LAP) nashriyoti OmniScriptum Publishing Group tarkibiga kiradi hamda Amazon, MoreBooks, Hugendubel, Exlibris, Orell Füssli va Magers & Quinn Booksellers kabi yirik xalqaro platformalar bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Ushbu nashriyot orqali chop etilgan kitoblar bir vaqtning o‘zida bir nechta xalqaro distribyutor tarmoqlariga integratsiyalashgan holda global savdo tizimida keng tarqatiladi.

Namangan davlat universiteti jamoasi nomidan Nodira Rashidovaga ilmiy faoliyatida yuksak muvaffaqiyatlar, ulkan zafarlar va yangi ilmiy yutuqlar tilab qolamiz.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image