Namangan davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.V.22.05 raqamli Ilmiy kengash majlisida Abdullayev Shuhratjon Solijonovichning 03.00.05 – “Botanika” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Farg‘ona vodiysidagi Poa L. (Poaceae) turkumi (taksonomik tarkibi, geografiyasi va ekologiyasi)” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
🗳 Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqot muhim va dolzarb ilmiy muammo sifatida e’tirof etildi, ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yuqori baholandi. Kengash a’zolari tomonidan dissertatsiyaga ijobiy baho berildi va 100 foiz ovoz bilan Abdullayev Shuhratjon Solijonovichga Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.
💐👏Universitetimiz nomidan Shuhratjon Solijonovichni ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz, hamda kelgusi ishlarida bardavomlik tilaymiz.