Fuqarolar murojaatlari bilan işlaş samaradorligini oşiriş, ta’lim sohasida yeçimini kutayotgan masalalarni örganiş hamda ularni joyida va tezkor hal etiş maqsadida Namangan davlat universiteti rektori Abduğaffor Qirğizboyev professor-öqituvçilar va talabalar uçun sayyor qabul ötkazdi.
Qabul davomida ta’lim jarayonini taşkil etiş, şartnoma tölovlari, dual ta’lim va işga joylaşiş bilan boğliq 20 dan ortiq murojaat körib çiqildi.
Jumladan, talabalar tomonidan talabalar turar joyida istiqomat qiluvçi qizlar uçun tikuv xonasini taşkil etiş, şuningdek, koreys va ingliz tillarini biluvçi talaba tomonidan tengdoşlariga til örgatiş maşğulotlarini taşkil etiş uçun alohida xona ajratiş yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi.
Kötarilgan masalalarning bir qismi qabul jarayonida joyida hal etildi. Qöşimça örganiş va ijro çoralarini talab etadigan murojaatlar böyiça mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, ularni hal etiş muddatlari belgilandi.