Asosiy kontentga o'tish
Prezident Şavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar taşkilotining Anqara sammitidagi nutqidan asosiy fikrlar:

📌Özbekiston ta’sirçan global taraqqiyot markaziga aylanib borayotgan Turkiy davlatlar taşkilotini özaro işonç va amaliy şeriklik maydoni sifatida köradi;

📌Strategik maqsadlar atrofida yanada jipslaşib, manfaatlarni xalqaro maydonda birgalikda ilgari suriş lozim. TDT mamlakatlari uşbu ezgu yölda yakdil va kuç-ğayratini turkiy birdamlik uçun safarbar etişga tayyor;

📌Taşkilot doirasida dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan muntazam siyosiy maslahatlar ötkaziş, yondaşuv va sa’y-harakatlarni muvofiqlaştiriş muhim;

📌Uçinçi mamlakatlar bilan “Turkiy davlatlar taşkiloti plus” formatidagi hamkorlikni sohaviy vazirlar uçraşuvlaridan boşlaş taklif etildi;

📌Texnologik hamkorlikni çuqurlaştiriş, jahon bozoriga birgalikda çiqiş imkonini beradigan sanoat kooperatsiyasini rivojlantiriş zarur;

📌“Turkiy dunyo – 100” – yuzta strategik qöşma investitsiya va sanoat loyihasini qamrab oladigan dasturni qabul qiliş taklif etildi;

📌Nodir va strategik minerallarni töliq qayta işlaş, “yaşil” energetika uskunalari işlab çiqarişni mahalliylaştiriş, yuqori daromadli mahsulotlar tayyorlaşga ustuvor ahamiyat qaratiş maqsadga muvofiq;

📌“Tijorat işlari böyiça özaro huquqiy yordam körsatiş töğrisida”gi köp tomonlama şartnomani işlab çiqiş lozim;

📌“Turkiy davlatlar logistika komplekslari tarmoği”ni taşkil etiş va uni birgalikda boşqariş taklifi bildirildi;

📌Turkiy xalqlarning tarixiy şaharlari, betakror tabiati, boy madaniyati va mehmondöstlik an’analarini dunyoga birgalikda taqdim etiş maqsadida “Turkiy turizm alyansi”ni taşkil qiliş taşabbusi ilgari surildi;

📌Fuqarolarning özaro safarlari töğrisida köp tomonlama bitimni işlab çiqiş taklif etildi. Unda ID-kartalar asosida safar qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş, çegaradan ötiş va mezbon davlat hududida böliş tartibini soddalaştiriş masalalari aks etişi lozim;

📌Mamlakatimiz “Yangi Özbekiston” stipendiyasi doirasida turkiy davlatlar vakillariga har yili 200 ta ta’lim granti ajratişga tayyor;

📌2027-yilni taşkilot doirasida “Tabiatni asraş yili” deb e’lon qiliş böyiça taşabbus hamda Özbekiston vakilining nomzodi Boş kotib lavozimiga qöllab-quvvatlangani uçun minnatdorlik bildirildi;

📌"Anqara sammiti olijanob maqsadimiz, birdamlik ğoyamiz va uluğvor rejalarimizga erişiş yölida muhim qadam böladi";

📌“Barçamizning orzu-istaklarimiz va intilişlarimiz muştarak. Biz bir bölsak, yanada qudratlimiz. Hamjihat bölsak, yanada yuksak marralarga albatta erişamiz”.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image