Namangan davlat universiteti hamda Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganishlar davomida ijarada yashovchi talabalarning turar joylari ko‘zdan kechirilib, ularda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish hamda elektr jihozlarining xavfsiz ishlatilishiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, talabalarga yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, gaz hamda elektr jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga amal qilish yuzasidan tushuntirishlar berildi. Bunday profilaktik tadbirlar talabalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, kuz-qish mavsumini xavfsiz o‘tkazishga xizmat qiladi.
📺 Tadbir tafsilotlari batafsil videolavhada