Asosiy kontentga o'tish
“Bugungi O‘zbekiston” gazetasining navbatdagi sonida Namangan davlat universiteti vakillarining maqolalari chop etildi.

Jumladan, universitet matbuot kotibi Komilxo‘ja Otavalixo‘jayevning “Mintaqa kelajagini belgilovchi formula” nomli maqolasida Turkmanistonda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan strategik tashabbuslar tahlil qilingan.

 

Iqtisodiyot fakulteti Menejment kafedrasi katta o‘qituvchisi Abrorjon Asqarovning “Asrlarni bog‘lagan integratsiya” nomli maqolasida Markaziy Osiyo va Ozarbayjon o‘rtasidagi tarixiy aloqalar, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda davlatlar o‘rtasidagi integratsiyani rivojlantirish masalalari yoritilgan. Muallif Turkmanistonda o‘tkazilgan Maslahat uchrashuvi doirasida ilgari surilgan tashabbuslarning mintaqa taraqqiyotidagi ahamiyatiga e’tibor qaratgan.

 

Yuridik fakulteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi mudiri Ibroxim Atamirzayevning “Ta’lim va ilm-fan vazirligining tashkil etilishi: islohotlar, maqsadlar va istiqbollar” nomli maqolasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-oktyabrdagi PF-213-son Farmoni bilan belgilangan vazifalar, yangi vazirlik faoliyatining asosiy maqsadlari va ta’lim hamda ilm-fan sohasida kutilayotgan o‘zgarishlar haqida so‘z yuritilgan.

 

Bundan tashqari, Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Muhriddin Sodirjonovning “Istiqlol falsafasi: ishonch, birdamlik, yuksalish” nomli maqolasi chop etildi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan g‘oya va qarashlar yoritilgan.


📎 Gazetani oʻqish

Mazkur maqolalar universitet professor-o‘qituvchilari hamda xodimlarining mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, mintaqaviy hamkorlik, ta’lim va ilm-fan taraqqiyoti hamda istiqlol g‘oyalarini keng jamoatchilikka yetkazish borasidagi ilmiy-ijodiy faolligini namoyon etadi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image