Namangan davlat universitetida ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, ilmiy tadqiqotlar natijadorligini ta’minlash va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abdug‘affor Nazarov, shuningdek, fakultetlarda faoliyat yuritayotgan rektorning ilmiy maslahatchilari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda dissertatsiya himoyalarining holati, belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar asosida ilmiy nashrlar rejasining bajarilishi, jumladan, Scopus xalqaro ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi jurnallarda, shuningdek, xalqaro va mahalliy ilmiy nashrlarda maqolalar chop etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, xalqaro va mahalliy ilmiy konferensiyalarni tashkil etish, grant loyihalarida ishtirok etish, xo‘jalik shartnomalari asosida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish hamda ularning natijalarini amaliyotga joriy etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, Tabiiy fanlar, Biotexnologiya, Fizika-matematika, Iqtisodiyot va Tibbiyot fakultetlarida ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda spin-off korxonalarini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, belgilangan ko‘rsatkichlar ijrosini ta’minlash va ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyotga keng joriy etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.