Asosiy kontentga o'tish

Bugun Davlatobod tumani, Yangi Namangan shaharchasi markaziy ko‘chasida 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Talaba yugur” va “Harbiy yugur” shiori ostida ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi.

Mazkur marafonda Namangan davlat universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari, shuningdek, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari, yoshlar, sport ixlosmandlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlaridan jami 5 125 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Tadbirda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy faolligini oshirish hamda aholi o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Marafon ko‘tarinki kayfiyat va do‘stona sport muhitida o‘tkazildi. Ishtirokchilar yugurish jarayonida o‘zlarining faolligi, jismoniy tayyorgarligi va sportga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdilar.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image