Yig‘ilishda rektor maslahatchisi Alibek Bekmurzayev, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Saodat Umarova, universitet psixologi Gulshoda Mirzatova, fakultet dekani Azamjon Rasulov, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ota-onalari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida talabalarning universitet hayotiga moslashuvi, ta’lim jarayonidagi mas’uliyati va odob-axloq me’yorlariga rioya etishi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, universitet Odob-axloq kodeksi va ichki tartib-qoidalari, talabalarning kiyinish madaniyati va yagona forma talablari, talabalarni talabalar turar joyi hamda ijara xonadonlariga joylashtirish tartibi, erta nikoh va erta turmushning oldini olish, huquqbuzarlik va jinoyatchilik profilaktikasi, kontrakt shartnomalarini rasmiylashtirish va to‘lovlarni amalga oshirish, grant va kontrakt o‘rinlarini taqsimlash kabi masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ota-onalarning farzandlari ta’lim-tarbiyasidagi mas’uliyati, universitet bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va talabalarni qo‘llab-quvvatlashning muhim jihatlari haqida fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida ota-onalar va talabalar tomonidan bildirilgan savol, taklif va mulohazalar tinglanib, ularning murojaatlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
- Universitet
- Ta'lim
- Axborot xizmati
- Faoliyat
- Hujjatlar
- Qabul
- Qabul yangiliklari
- Qabul bakalavriat
- Qabul Magistratura
- Qabul Doktorantura
- Imtixon dasturlari
- Abituriyentlarga eslatma
- Qabul to'g'risidagi nizom
- Texnikum bitiruvchilariga
- Xorijiy abituriyentlarga
- Prezident qaror va farmoyishlari
- Savollar va javoblar
- Imtixon natijalari
- Ikkinchi oliy ta'lim
- Tibbiyot fakultetida qo'shma ta'lim
- Tarqatma materiallar
- Talabalarga
- Qabul
- Bog'lanish
- Raqamli kutubxona
-
O'zbekcha
- Kirish