Asosiy kontentga o'tish
“35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi!

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi.

Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz?

Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting.

🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim.

📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz⁠

Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi

🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image