Asosiy kontentga otish

“Chorshanba – sport kuni” munosabati bilan Namangan davlat universitetida talaba-yoshlar hamda xodimlar ishtirokida ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan bir qator sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.

Mazkur tadbirlarning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni oshirishdan iborat bo‘ldi.

Sport kuni doirasida futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka hamda musobaqalari bo'lib o'tdi. Tadbirlar davomida sog‘lom turmush tarzining inson salomatligidagi o‘rni, yoshlarni sportga keng jalb etish yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.


Mazkur sport tadbirlari talabalar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga yordam beradi

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image