Namangan davlat universitetida “Jismoniy tayyorgarlik sinovlari” start oldi!
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Namangan davlat...
- 21.05.2026
- 23:33
- 18
Talaba-yoshlarni jismoniy harakatlanishga yo‘naltirish, ularni salomatligini mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga jalb etish, talabalarni jismonan baquvvat, barkamol va sog‘lom bo‘lishi, ularning sport bilan chiniqishiga, jismoniy tarbiya va sportni kundalik turmush tarziga aylantirishiga erishish maqsadida an’anaviy jismoniy tayyorgarlik sinovlari start oldi.
Ochilish marosimida sportsevar talaba yoshlar hamda mutasaddi rahbarlar ishtirok etib ishtirokchilarga ushbu sinovlarda omad va zafarlar tilashdi hamda ularga ushbu sinovda beriladigan imtiyozlar va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tdilar.