Asosiy kontentga otish

“Yoshlar kuni” munosabati bilan Namangan davlat universitetida talaba-qizlar ishtirokida Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Dinara Yakubova bilan uchrashuv tashkil etildi.

Davra suhbati davomida talaba-qizlar uchun ta’lim sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlarning o‘z kelajagiga mas’uliyat bilan yondashishi, erta turmushning salbiy oqibatlarini oldini olish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, bilim olish, muntazam ravishda o‘z ustida ishlash hamda vaqtni to‘g‘ri taqsimlash kelajak poydevorini mustahkamlashda muhim omil ekani alohida ta’kidlandi. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan har bir kichik sa’y-harakat ertangi katta yutuqlarga zamin yaratishi qayd etildi.

Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, davra suhbati davomida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil va qoniqarli javob oldilar.

 

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image