Namangan davlat universitetida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri boʻlib oʻtdi
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Namangan davlat...
- 02.05.2026
- 11:37
- 4
Namangan davlat universitetida tashkil etilgan “Uch avlod uchrashuvi” tadbirida Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi boshligʻi B. Mirzaaxmedov, soha faxriysi SH. Joʻrayev hamda talaba yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida dastlab “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Unda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, fikr va takliflarini bildirishdi.
Shundan soʻng soha faxriysi SH. Joʻrayev oʻzining bosib oʻtgan hayot yoʻli, sud-huquq tizimidagi koʻp yillik mehnat faoliyati va toʻplagan tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy ongi va kasbiy qiziqishlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.