Asosiy kontentga otish

Namangan Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalari doirasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida gandbol sport turi bo‘yicha hududiy bosqich musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvlarda viloyatdagi bir qator oliy ta’lim muassasalari jamoalari qatorida Namangan davlat universitetining o‘g‘il bolalar va qizlar jamoalari ham faol ishtirok etib, g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib bordilar.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Namangan davlat universitetining qizlar hamda o‘g‘il bolalar jamoalari faxrli 1-o‘rinni egallab, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image