Mazkur tanlovning tuman va shahar saralash bosqichlarida Namangan davlat universitetining 24 nafar iqtidorli talabalari o‘zlarining ilmiy-innovatsion loyiha va g‘oyalari bilan muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi.
Tanlovning viloyat bosqichlari yakuniga ko‘ra, Namangan, Andijon va Farg‘ona viloyatlari bo‘yicha jami 9 nafar talaba g‘olib deb topilib, respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, tanlov doirasida talabalar tomonidan umumiy hisobda 86 million 520 ming so‘m miqdoridagi pul mukofoti jamg‘arildi.
Ta’kidlash joizki, iqtidorli talabalarimiz tomonidan erishilgan ushbu natijalar nafaqat viloyat, balki respublika oliy ta’lim muassasalari orasida ham yuqori ko‘rsatkichlardan biri sifatida e’tirof etildi.
Barcha g‘olib talabalarimizni samimiy muborakbod etamiz hamda ularga tanlovning respublika bosqichida ham ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.