“Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining hududiy saralash bosqichi o‘tkazildi
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- “Amir Temur vor...
- 01.05.2026
- 14:02
- 21
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasi ko‘rik-tanlovining hududiy saralash bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqa doirasida talabalar joyidan turib uzunlikka sakrash, 100 metr masofaga yugurish, turnikda tortilish hamda granata uloqtirish shartlari bo‘yicha o‘z mahorati va jismoniy tayyorgarligini sinovdan o‘tkazdilar.
Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘rtasida keskin va murosasiz bahslar kechib, jamoaviy hamjihatlik, matonat hamda g‘alabaga bo‘lgan intilish namoyon etildi. Mazkur musobaqada Namangan davlat pedagogika instituti jamoasi respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Bunday musobaqalar talaba-yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda vatanparvarlik ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi.