Musobaqalar stol tennisi, voleybol hamda mini-futbol yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkazildi. Unda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan iqtidorli va sportsevar talabalar faol ishtirok etdi.
Tadbirning ochilish marosimida Namangan davlat universiteti birinchi prorektori Islomjon Odilov, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Faxriddin Yunusov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi Namangan viloyati ijrochi direktori Azamjon Axmadaliyev hamda boshqa mutasaddilar иштирок etdi. So‘zga chiqqanlar yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ommaviy sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni alohida e’tirof etdilar.
Musobaqalar davomida jamoalar o‘rtasida qizg‘in va murosasiz bahslar kechdi. Har bir ishtirokchi g‘alaba qozonish uchun bor imkoniyatini ishga soldi. Bu esa bellashuvlarga o‘zgacha ruh va yuqori sport kayfiyatini bag‘ishladi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng kuchli jamoalar va sportchilar aniqlandi hamda ular tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Mazkur musobaqalar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni jismoniy faollikka keng jalb qilish, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashda muhim аhаyat kasb etadi.