Asosiy kontentga otish

Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev tomonidan Fizika-matematika fakultetidagi kafedralar kesimida 2026-yil uchun ishlab chiqilgan maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosi yuzasidan birinchi chorak yakunlari bo‘yicha tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda kafedra mudirlari tomonidan birinchi chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil hisobotlar tinglandi hamda yil boshida ishlab chiqilgan maqsadli ko‘rsatkichlarning bajarilish holati har bir yo‘nalish kesimida chuqur tahlil qilindi.

Jumladan, ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy maqolalar tayyorlash va nashr etish, xo‘jalik shartnomalari doirasidagi faoliyat, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, o‘quv-uslubiy adabiyotlar yaratish va chop etish, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar holati atroflicha muhokama etildi.

Yig‘ilish davomida fakultetning ayrim kafedralarida yillik maqsadli ko‘rsatkichlarning bajarilish darajasi yetarli emasligi qayd etilib, ortda qolish sabablari tanqidiy ruhda tahlil qilindi. 

Rektor tomonidan tegishli kafedra mudirlariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish hamda belgilangan ko‘rsatkichlarga to‘liq va o‘z vaqtida erishish bo‘yicha aniq vazifalar va ijro muddatlari belgilab berildi.

Shuningdek, ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, grant va innovatsion loyihalarda faol ishtirok etish, o‘quv-uslubiy ishlarni takomillashtirish hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida kafedralar faoliyati ustidan doimiy monitoringni kuchaytirish, maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosini qat’iy nazoratga olish hamda har chorak yakunlari bo‘yicha tizimli tanqidiy-tahliliy muhokamalarni davom ettirish lozimligi ta’kidlandi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image