Namangan davlat universiteti talaba-yoshlari o‘rtasida “Yangi Oʻzbekiston talabalari olimpiadasi” sport musobaqalarining yengil atletika turi bo‘yicha fakultetlar o‘rtasida universitet bosqichi o‘tkazildi.
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Namangan davlat...
- 18.04.2026
- 14:13
- 50
Mazkur musobaqada universitetning barcha fakultetlaridan iqtidorli va sportga qiziquvchi talaba-yoshlar faol ishtirok etib, o‘z jamoalarining sharafini munosib himoya qildilar. Bellashuvlar jarayonida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chidamliligi hamda sport mahoratini namoyon etib, g‘oliblik uchun keskin va murosasiz kurash olib bordilar.
Musobaqaning yakuniy natijalari bilan tanishing:
🥇1-o‘rin: San’at va sport fakulteti;
🥈2-o‘rin: Biotexnologiya fakulteti;
🥉3-o‘rin: Fizika va matematika fakulteti;
Mazkur musobaqa talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning jismoniy faolligini oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlashga xizmat qilmoqda.