Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti dekani v.b. Ravshanbek Islomov tomonidan fakultet talaba-yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda dekan tomonidan yurtimizda yoshlar siyosatiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim sifatini oshirish hamda ularning ilmiy salohiyatini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan o‘quv jarayonini yanada takomillashtirish, ilmiy to‘garaklar faoliyatini kengaytirish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashga oid bir qator taklif va tashabbuslar ilgari surildi.
Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning fikr-mulohazalarini inobatga olish hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishda muhim ahamiyat kasb etdi.