Tabiiy fanlar fakultetida «Akademik va yoshlar uchrashuvi» o‘tkazildi.
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Tabiiy fanlar f...
- 16.04.2026
- 22:24
- 28
Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan davlat universiteti Tabiiy fanlar fakultetida O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi Shafoat Namazov bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Akademik Shafoat Namazov universitetda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Fakultet professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilari hamda talabalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda zamonaviy ilm-fan yutuqlari, ilmiy izlanishlarning dolzarb yo‘nalishlari hamda yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Ochiq va samimiy ruhda kechgan uchrashuv davomida ilmiy tadqiqotchilar hamda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga akademik tomonidan atroflicha javoblar oldilar.