Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Talabalar ligasi” sport musobaqalari doirasida mini futbol bo‘yicha viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar faol ishtirok etib, sportga bo‘lgan qiziqishlari va g‘alabaga intilishlarini yana bir bor namoyon etdilar. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, epchilligi, tezkorligi hamda texnik mahoratini ko‘rsatib, g‘oliblik uchun murosasiz kurash olib bordilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, Namangan davlat universitetining talaba-yigitlar jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.