Namangan davlat universitetida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Namangan davlat...
- 09.04.2026
- 12:48
- 418
“Yoshlar kuni” munosabati bilan Namangan davlat universitetida Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Dilmurod Ahmedov ishtirokida Yuridik va Filologiya fakulteti talaba-yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida talabalarga adliya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, yosh kadrlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar hamda kelgusidagi kasbiy faoliyatlarini belgilash borasida muhim tushunchalarga ega bo‘ldilar.
Uchrashuv yakunida Namangan davlat universiteti hamda Namangan viloyati adliya boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi.