Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakultetida Kanadaning Toronto universiteti professori Pazliddin Kobilov bilan onlayn uchrashuv o‘tkazildi
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Namangan davlat...
- 02.04.2026
- 12:38
- 161
Uchrashuvni Tibbiyot fakulteti dekani G‘ofurjon Abdullayev ochib berdi. O‘z nutqida bunday uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etish zarurligini ta’kidlab, xorijda faoliyat olib borayotgan olimga ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Uchrashuv davomida Pazliddin Kobilov talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berdi. Jumladan, u xorijda tibbiy ta’lim olish istagida bo‘lgan yoshlar uchun mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda chet tillarini puxta egallash muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.