Asosiy kontentga otish

Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti yetakchi ilmiy xodimlari — Ulugʻbek Irisbekov va Sharofiddin Xasanov hamda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati boshligʻi Azimjon Bozorov, Yuridik fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida soha mutaxassislari tomonidan jinoyatchilikning oldini olish, kriminologik tadqiqotlarning ahamiyati, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda yoshlar oʻrtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi. 

Shuningdek, talabalarga amaliy misollar asosida jinoyatchilikka qarshi kurashishning zamonaviy usullari, mavjud muammolar va ularning yechimlari haqida tushuntirishlar berildi. Professor-oʻqituvchilar va talabalar tomonidan mutaxassislarga qiziqarli savollar berildi hamda ochiq muloqot shaklida fikr almashildi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image