Asosiy kontentga otish
Jadidlar haqida insholar tanlovi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida insholar tanlovining joriy yilgi mavsumini e’lon qiladi

↪️Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi: oliy ta’lim muassasasi va respublika bosqichi;
↪️Insholar tanlovi 2 xil: “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida o‘tkaziladi;
↪️Har bir mavzu bo‘yicha alohida o‘rinlar belgilanadi.

🔷 Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇1-o‘rin – 8 000 000 so‘m;
🥈2-o‘rin – 6 000 000 so‘m;
🥉3-o‘rin – 5 000 000 so‘m;

☑️Tanlovning birinchi universitet bosqichi joriy yil 10-mart kuni o‘tkaziladi.

➡️Tanlov nizomini o‘qish (https://docs.google.com/document/d/1-wERB35mE2NdYyBcdC1XWYqWKrxG8WwI/edit?usp=sharing&ouid=115860268006783425778&rtpof=true&sd=true)

⏺Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar @Bakhtiyorov5555 murojaat qilishlari mumkin.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image