Namangan davlat universiteti Jahon tillari fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 149-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda mazkur qarorda belgilangan normalar va mexanizmlarni talabalarga batafsil tushuntirish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda fakultet dekanining o‘rinbosarlari E. Mamadaliyev hamda Sh. Rustamovlar ishtirok etib, talabalarga qarorda belgilangan grantlarni taqdim etish tartibi, ularni qayta taqsimlash mezonlari, baholash ko‘rsatkichlari hamda talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan atroflicha ma’lumot berdilar.

Shuningdek, yig‘ilish davomida talabalarning mazkur nizom bo‘yicha qiziqtirgan savollariga javoblar berildi, grantlar taqsimotida ochiqlik va shaffoflik tamoyillarining ahamiyati alohida ta’kidlandi. Ushbu qarorning amaliyotga joriy etilishi talabalarning bilim olishga bo‘lgan rag‘batini oshirish, akademik faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida talabalarga nizom talablariga amal qilish, o‘quv jarayonida faollikni oshirish va baholash mezonlariga mas’uliyat bilan yondashish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

image

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image