- Universitet
- Ta'lim
- Axborot xizmati
- Faoliyat
- Hujjatlar
- Qabul
- Qabul yangiliklari
- Qabul Bakalavriat
- Qabul Magistratura
- Qabul Doktorantura
- Imtixon dasturlari
- Abituriyentlarga eslatma
- Qabul to'g'risidagi nizom
- Texnikum bitiruvchilariga
- Xorijiy abituriyentlarga
- Prezident qaror va farmoyishlari
- Savollar va javoblar
- Imtixon natijalari
- Ikkinchi oliy ta'lim
- Tibbiyot fakultetida qo'shma ta'lim
- Talabalarga
- Qabul
- Bog'lanish
- Raqamli kutubxona
-
O'zbekcha
- Kirish
Onlayn uchrashuv: NamDU va Polotsk davlat universiteti hamkorligi kengaymoqda
- Bosh sahifa
- Axborot xizmati
- Yangiliklar
- Onlayn uchrashu...
- 13.01.2026
- 21:46
- 575
Xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda Belarus Respublikasi Polotsk davlat universiteti Tarix fakulteti dekani Aleksey Leonidovich Redyuk o‘rtasida ZOOM platformasi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Onlayn muzokaralar davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, akademik mobillik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar, magistrantlar hamda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari atroflicha ko‘rib chiqildi. Tomonlar mazkur dasturlar ta’lim sifatini oshirish, ilmiy maktablarni rivojlantirish va xalqaro ta’lim makoniga integratsiyalashuvni jadallashtirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.
Kun tartibining alohida bandi sifatida tarix, arxeologiya va ijtimoiy fanlarning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari hamda seminarlarni hamkorlikda tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Ushbu tadbirlar ilmiy tajriba almashish, tadqiqot natijalarini taqdim etish va yosh olimlarni qo‘shma ilmiy loyihalarga jalb etish uchun samarali maydon bo‘lishi qayd etildi.
Uchrashuv davomida magistrantlar uchun “1+1” formatidagi qo‘shma ta’lim dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Mazkur dastur ikki universitetda tahsil olish, magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish hamda qo‘shma diplom olish imkoniyatlarini nazarda tutadi. Tomonlar o‘quv rejalari, modullar va akademik talablarni muvofiqlashtirish maqsadida qo‘shma ishchi guruh tuzishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Shuningdek, arxeologik va tarixiy yo‘nalishlarni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etish, manbashunoslik va metodologik tajriba almashish hamda qo‘shma ilmiy nashrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Onlayn uchrashuv yakunida tomonlar uzoq muddatli va tizimli hamkorlikdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar. Muzokaralarni ishchi tartibda davom ettirish hamda kelishilgan yo‘nalishlar bo‘yicha aniq “yo‘l xaritalari” ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu onlayn muloqot fan va ta’lim sohasida barqaror xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.