Asosiy kontentga o'tish
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni muborak bölsin!

Assalomu alaykum, hurmatli tibbiyot xodimlari, Tibbiyot fakultetining professor-öqituvçilari, soha fidoyilari va aziz hamkasblar!

Sizlarni Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Inson salomatligi va hayotini asraşdek uluğ va mas’uliyatli vazifani zimmasiga olgan tibbiyot xodimlari jamiyatimizning eng e’zozli va şarafli kasb egalari hisoblanadi. Zero, inson hayoti va salomatligi yölida xizmat qiliş nafaqat yuksak bilim va kasbiy mahorat, balki katta sabr-toqat, fidoyilik, mehr-oqibat va insonparvarlikni ham talab etadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş, tibbiy xizmat sifatini oşiriş hamda zamonaviy bilim va könikmalarga ega malakali mutaxassislarni tayyorlaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Ta’lim va ilm-fan rivojiga qaratilayotgan e’tibor natijasida 2017-yildan buyon tibbiyot oliygohlariga qabul kvotalari 4,5 barobar oşdi, 40 ta ta’lim dasturi xalqaro akkreditatsiyadan ötkazildi. Ilgari tibbiyot oliygohlarida 4 ta davlatdan kelgan talabalar tahsil olgan bölsa, bugungi kunda bu körsatkiç 41 taga yetdi, xorijiy talabalar soni esa 15 ming nafardan oşdi.

Bu boradagi ijobiy özgarişlar Namangan davlat universiteti faoliyatida ham öz ifodasini topmoqda. Xususan, 2021-yilda «Davolaş işi» va «Pediatriya işi» ta’lim yönalişlariga jami 50 ta qabul kvotasi asosida talabalar qabul qilişni boşlagan universitetimiz Tibbiyot fakultetida bugungi kunda 2 ming nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda. Bu, albatta, universitetimizda tibbiyot ta’limini rivojlantiriş, malakali tibbiyot mutaxassislarini tayyorlaş va soha taraqqiyotiga munosib hissa qöşişga qaratilgan tizimli işlarning amaliy ifodasidir.

Ayniqsa, tibbiyot ta’limi rivoji yölida mehnat qilayotgan professor-öqituvçilarimizning örni beqiyos. Sizlar yoşlarga nafaqat kasbiy bilim va tajriba berasiz, balki ularda insonparvarlik, mas’uliyat, kasbga sadoqat va bemorlarga mehr bilan munosabatda böliş kabi ezgu fazilatlarni ham şakllantirasiz. Zero, bugungi talaba — ertangi malakali şifokor, xalqimiz salomatligining işonçli himoyaçisidir.

Fursatdan foydalanib, xalqimiz salomatligini asraş yölida tun-u kun xizmat qilayotgan barça tibbiyot xodimlariga, fidoyi ustoz va murabbiylarga, universitetimiz Tibbiyot fakultetining professor-öqituvçilari hamda xodimlariga çuqur minnatdorlik bildiraman.

Aziz hamkasblar!

Barçangizga mustahkam soğliq, oilaviy baxt, xonadonlaringizga tinçlik-xotirjamlik, şarafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Ezgu mehnatingiz doimo el-yurt e’tirofi va hurmatiga sazovor bölsin!

Bayramingiz muborak bölsin!


Hurmat bilan,
Abduğaffor Qirğizboyev

Namangan davlat universiteti rektori

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image