Universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev raisligida o‘tkazilgan mazkur yig‘ilishda prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda bo‘lim va markazlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibiga muvofiq, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan masalalar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, Ijtimoiy fanlar fakultetida o‘quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kompleks o‘rganish natijalari yuzasidan E.Abdurazzoqov axborot berdi.

Shuningdek, universitet faoliyatiga oid nizomlarni takomillashtirish va tasdiqlash masalasi bo‘yicha R.Imomov, bo‘sh ish o‘rinlari uchun o‘tkazilayotgan tanlovlar yuzasidan tanlov komissiyasi kotibi A.To‘xtabayev, 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha esa B.Ergashev ma’ruza qildi.

Bundan tashqari, Namangan davlat universiteti huzuridagi Kengashlar faoliyati to‘g‘risida A.Nazarov tomonidan axborot berilib, mazkur yo‘nalishdagi ishlar tahlil qilindi hamda ularni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Home Book

"Raqamli kutubxona"

www.namdu.uz

Bilim olishni "Raqamli kutubxona" tizimidan boshlang.

image